Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi
  • 1
  • 21.10.2026 17:08:00
  • 1 мин оқу

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Turkmanistonning G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uchrashdi.
Saida Mirziyoyevaning aytishicha, uchrashuvlar yaxshi an’anaga aylangan va ular yangi hamkorlik loyihalariga yo‘l ochmoqda.
U O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turishini ta’kidladi. Shuningdek, hamkorlik odamlar manfaatiga xizmat qilib, mamlakatlarni yanada yaqinlashtirishiga umid bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News