
- 0
- 27.07.2026 12:42:00
- 1 мин оқу
Suriyada ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohatlandi.
Fojia Dayr az-Zavr–Damashq avtomobil yo‘lining As-Suxna va Palmira hududlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, avtobuslardan birida ichki xavfsizlik kuchlari xodimlari, ikkinchisida esa tinch aholi bo‘lgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Suriyada uzoq yillik urush oqibatida yo‘l infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lib, mamlakatda yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p o‘limga sabab bo‘layotgan omillardan biri hisoblanadi.