O‘zbekistonda aholi soni 39,5 milliondan oshdi

O‘zbekistonda aholi soni 39,5 milliondan oshdi
  • 3
  • 19.10.2026 12:13:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 692,2 ming kishi ya'ni 1,8 foizga oshgan. Hisob-kitoblarda aholini ro‘yxatga olish natijalari ham inobatga olingan.

Hududlar kesimida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida kuzatilib, aholi soni 4,46 million nafarga yetgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Toshkent viloyatlari qayd etilgan. Jumladan:
Qashqadaryo viloyati – 3 746 228 kishi
Andijon viloyati – 3 574 464 kishi
Toshkent shahri – 3 278 512 kishi
Namangan viloyati – 3 190 767 kishi
Surxondaryo viloyati – 3 030 030 kishi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 166 044 kishi
Xorazm viloyati – 2 162 068 kishi
Buxoro viloyati – 2 125 129 kishi
Jizzax viloyati – 1 545 176 kishi
Navoiy viloyati – 1 196 559 kishi istiqomat qilmoqda. Ro‘yhatda eng kam aholi sonini 965 421 kishi bilan Sirdaryo viloyati egallagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News