Braziliyada olti kunlik ish haftasi bekor qilindi

Braziliyada olti kunlik ish haftasi bekor qilindi
  • 3
  • 20.10.2026 16:39:00
  • 1 мин оқу

Braziliyada ish haftasini 44 soatdan 40 soatga qisqartirish va xodimlarga haftasiga ikki kun dam olish imkonini beruvchi konstitutsiyaviy tuzatish Senat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Hujjat uchun 76 nafar senatordan 75 nafari ovoz bergan.

Yangi tartib ikki oy ichida kuchga kiradi. Ish vaqti qisqartirilishi ish haqini kamaytirmasdan amalga oshiriladi. Yangi tartibga tayyorgarlik ko‘rish uchun ish beruvchilarga vaqt beriladi. Ular ish jadvalini qayta tuzishi yoki zaruratga qarab qo‘shimcha xodimlarni yollashi mumkin.

Avval Braziliyada odatiy ish haftasi 44 soatni tashkil etib, xodimlarga haftasiga bir kun dam olish berilgan. Yangi tartib kuchga kirgach, ular ikki kun dam olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa fuqarolarning oilasi va shaxsiy hayotiga ko‘proq vaqt ajratishiga yordam berishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News