Qozog‘istonda narkotik bilan ushlangan Navai ozod qilindi

Qozog‘istonda narkotik bilan ushlangan Navai ozod qilindi
  • 3
  • 20.10.2026 16:27:00
  • 1 мин оқу

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan giyohvand moddalar kontrabandasi gumoni bilan ochilgan jinoiy ish to‘xtatildi. Shundan so‘ng san’atkor mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Jambul viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, qaror qabul qilishda bu holat birinchi marta sodir etilgani va reperning pushaymonligi inobatga olingan. Qaror prokuratura bilan kelishilgan va Navaiga 5 yil davomida Qozog‘istonga kirish taqiqlandi.

Reper 13-oktabr kuni “Qorday” chegara nazorat punktida avtomobil tekshiruvi vaqtida ushlangan. Mashinadan giyohvand modda topilgach, unga nisbatan kontrabanda qilishga urinish gumoni bilan tergov boshlangan. Keyinchalik sud uni ikki oyga hibsga olishga ruxsat bergan. Navai 14-oktabr kuni Ostona shahrida konsert berishi kerak edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News