
- 0
- 22.05.2026 10:34:00
- 1 мин оқу
21-may kuni prezident rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bosh kotibi Feridun Sinirlioʻgʻluni qabul qildi. Uchrashuvda iqtisodiy-ekologik, siyosiy va gumanitar yoʻnalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, sud-huquq tizimini isloh qilish, gender tenglik, inson huquqlari himoyasi va OAVni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalar natijalarini alohida qayd etildi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, raqamlashtirish, sunʼiy intellektni rivojlantirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va “yashil” kun tartibini ilgari surish sohalarida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida hamkorlik boʻyicha yangi “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish hamda Oʻzbekistonda va YXHT doirasida qator qoʻshma tadbirlarni oʻtkazishga kelishib olindi.