O‘zbekistonda eski avtomobillar uchun ekologik jarima bekor qilindi

O‘zbekistonda eski avtomobillar uchun ekologik jarima bekor qilindi
  • 0
  • 09.07.2026 15:29:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekistonda 30 yil va undan eski avtomobil egalari uchun har yili ekologik kompensatsiya to‘lash talabi qonun loyihasidan chiqarib tashlandi. Hukumat majburiy choralar o‘rniga avtomobil egalarini rag‘batlantirish tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Yangi taklifga ko‘ra, eski avtomobillar bozor qiymatida baholanadi va egalariga naqd pul yoki yangi avtomobil xaridida boshlang‘ich to‘lov o‘rnida foydalanish mumkin bo‘lgan vaucher beriladi. Qolgan mablag‘ni esa, 2 yildan 7 yilgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Mazkur qonun loyihasi hali yakuniy shaklga ega bo‘lmay, hozirda, jamoatchilik hamda mutaxassislar takliflari asosida qayta ishlab chiqilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News