
- 3
- 19.10.2026 08:28:00
- 1 мин оқу
18-oktabr kuni AQSH davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keldi. Uni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Saida Mirziyoyeva Rubioning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi ekanini ta’kidlab, uni O‘zbekistonda qutladi.
Marko Rubio O‘zbekistonga tashrifi sababini izohlar ekan, ayrim davlatlarga inqiroz yoki muammolar tufayli, boshqalariga esa o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida borilishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlash AQSH uchun muhim.
Tashrif doirasida Samarqandda Markaziy Osiyoning beshta davlati tashqi ishlar vazirlari bilan “C5+1” formatida muzokaralar, shuningdek, biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.