AQSH razvedkasi Netanyaxu AQSH va Eron kelishuvini buzishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

AQSH razvedkasi Netanyaxu AQSH va Eron kelishuvini buzishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
  • 5
  • 20.06.2026 10:58:00
  • 1 мин оқу

AQSH razvedka idoralari Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSH va Eron o‘rtasidagi kelishuvga putur yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Isroil tomoni kelishuv shartlaridan norozi bo‘lib, AQSH va Eron o‘rtasidagi memorandum Tehronga nisbatan “maksimal bosim” siyosatini yumshatishi mumkin deb hisoblamoqda.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyaxu Livanda “Hizbulloh”ga qarshi harbiy operatsiyalarni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu esa Eron bilan erishilgan kelishuv shartlariga zid bo‘lishi mumkin.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyaxu AQSHdagi isroilparvar siyosatchilar va OAV orqali Tramp ma’muriyatiga bosim o‘tkazishni ham rejalashtirmoqda. Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani aytilgan, biroq Livan tomoni hujumlar davom etayotganini bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News