
- 0
- 09.07.2026 13:25:00
- 1 мин оқу
1998-yilda, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbul shahar hokimi bo‘lib ishlagan paytida 32-kun dasturida bir talaba undan: “Agar prezident bo‘lsangiz, boshqa davlatlarning bosh vazirlari bilan qaysi tilda gaplashasiz?” deb so‘ragan edi. Erdo‘g‘an esa qisqa qilib: “Turk tilida gaplashaman,”- deya javob bergan. Oradan yillar o‘tib, 36-NATO Sammitiga mezbonlik qilgan prezident Erdo‘g‘an sammitning ochilish nutqini aynan turk tilida so‘zladi.
Shu tariqa, o‘sha kun berilgan savolga Erdog‘an bugun amalda javob berdi.