Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin

Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin
  • 10
  • 05.10.2026 16:18:00
  • 1 мин оқу

AQSH prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishni istayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning ish jadvali juda tig‘iz, ammo u O‘zbekistonga kelish istagini bildirgan. Zampolli tashrif imkon qadar tezroq amalga oshishiga umid qilayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avvalroq Trampni mamlakatga tashrif buyurishga taklif qilgan.
Ayni paytda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio oktabr oyi o‘rtalarida Samarqandga kelishi va 100 dan ortiq Amerika kompaniyalaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qilishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News