Uch karra Olimpiya chempioni ko‘chadan ovqat qidirmoqda

Uch karra Olimpiya chempioni ko‘chadan ovqat qidirmoqda
  • 16
  • 17.10.2026 11:00:00
  • 1 мин оқу

Boks bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni Feliks Savonning ko‘chadan oziq-ovqat yig‘ayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Videoda bir erkak undan nima qilayotganini so‘ragan. Sobiq bokschi esa ovqatlanish uchun oziq-ovqat yig‘ayotganini aytgan.
Ma'lumot uchun, 1967-yil Kubada tug‘ilgan Savon uchta Olimpiya oltin medali va olti karra jahon chempionligi sohibi hisoblanadi.
CubaNet nashrining 2025-yil yanvaridagi xabariga ko‘ra, sobiq bokschi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat bilan bog‘liq ish bo‘yicha qariyb olti yil qamoqda o‘tirganidan so‘ng, 2024-yil oxirida shartli ravishda ozod etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News