
- 4
- 19.06.2026 14:29:00
- 1 мин оқу
Rossiyaning Ingushetiya Respublikasida 8 yoshli Xizr Derbichev 15-iyun kuni bedarak yo‘qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, u daryoda cho‘kayotgan do‘sti Adamga yordam berish uchun suvga sakragan.
Adam daraxt ildizlaridan ushlab qolishga muvaffaq bo‘lgan, biroq Xizrni kuchli oqim oqizib ketgan. Voqea joyida bo‘lgan uchinchi bola yordam chaqirish uchun yugurib ketgan. Keyinchalik Adam qutqarilgan, ammo Xizrni topishning imkoni bo‘lmagan.
Qidiruv ishlari beshinchi kundirki davom etmoqda. Unda Shimoliy Kavkaz bo‘ylab minglab ko‘ngillilar va qutqaruvchilar ishtirok etmoqda.
Kuchli yomg‘irlar tufayli suv sathi ko‘tarilgani va oqim tezlashgani qidiruv ishlarini murakkablashtirmoqda. Shunga qaramay, Xizrni qidirish ishlari davom etmoqda.