“Kaspiyda halok bo‘lganlar qutqaruv nimchalari bilan ta’minlanmagan” — To‘qayev

“Kaspiyda halok bo‘lganlar qutqaruv nimchalari bilan ta’minlanmagan” — To‘qayev
  • 3
  • 28.09.2026 14:11:00
  • 1 мин оқу

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Kaspiy dengizidagi fojia ortidan mamlakat Qurolli kuchlarini isloh qilishni topshirdi.
To‘qayevning ma’lum qilishicha, 24-sentabr kuni dengizga oqib ketgan harbiy xizmatchilar zarur anjomlar, jumladan, qutqaruv nimchalari bilan ta’minlanmagan. Fojia oqibatida 14 nafar harbiy halok bo‘lgan, uch nafari qutqarilgan.
Prezident tinchlik davrida harbiylarning halok bo‘lishini keskin tanqid qildi.

“Mas’uliyatsizlik, beparvolik va ko‘zbo‘yamachilik odatiy holga aylandi. O‘tmishdagi fojialardan hech qanday saboq olinmagan”, — dedi To‘qayev.

U mashg‘ulotlar rejasini kim ishlab chiqqani, uni kim tasdiqlagani va xavfsizlik choralariga nega rioya qilinmaganini aniqlashni topshirdi. Mudofaa vazirligi faoliyatini kompleks tekshirish boshlandi. Qurolli kuchlarni isloh qilish rejasi 10 kun ichida ishlab chiqilishi kerak.

“Armiyada xizmat qilish qo‘rquv va dahshat uyg‘otmasligi kerak”, — deya ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News