
- 20
- 24.06.2026 15:29:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasida hududiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, Fargʻona viloyatiga qarashli Choʻngʻara va Toshtepa qishloqlari Qirgʻiz Respublikasi tarkibiga oʻtkazildi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot kotibi Askat Alagozov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, mazkur aholi punktlarida istiqomat qilayotgan qariyb 2,5 ming nafar etnik qirgʻiz roʻyxatdan oʻtkazilgach, Qirgʻiziston fuqaroligini oladi. Buning evaziga Qirgʻiziston Oʻzbekistonga chegara hududidan maydoni teng boʻlgan yer uchastkalarini taqdim etgan.
Shuningdek, Say–Tayan avtomobil yoʻlini qurish loyihasi doirasida ham tomonlar 236 gektar maydondagi teng qiymatli yerlarni oʻzaro almashgan. Yangi yoʻl foydalanishga topshirilgach, Batken viloyati aholisi Aydarken va Batken shaharlari oʻrtasidagi masofani 225 kilometr oʻrniga 55 kilometr orqali bosib oʻtish imkoniyatiga ega boʻladi.