Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentda tantanali kutib olindi

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentda tantanali kutib olindi
  • 7
  • 05.10.2026 10:47:00
  • 1 мин оқу

Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza — jami 70 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchilar Toshkentga charter reys orqali qaytib kelib, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Ularni hukumat vakillari, sport tashkilotlari rahbariyati va muxlislar kutib oldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 5-o‘rin, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa 1-o‘rinni egalladi.
Musobaqada 45 davlatdan sportchilar ishtirok etdi. O‘zbekiston vakillari 19 ta sport turida medallarni qo‘lga kiritdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News