2031-yilda BMTning jinoyatchilik bo‘yicha kongressi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2031-yilda BMTning jinoyatchilik bo‘yicha kongressi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
  • 5
  • 28.09.2026 16:57:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu Dabida o‘tkazilayotgan BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
26-sentabrdan 1-oktabrgacha davom etayotgan kongressda 5 mingga yaqin vakil qatnashmoqda. Unda transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, bolalar himoyasi hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Kongress yakuniy deklaratsiyasida navbatdagi kongressni 2031-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Saida Mirziyoyeva bu qarorni O‘zbekistonga bildirilgan xalqaro ishonch ramzi ekanini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News