
- 4
- 29.09.2026 10:36:00
- 1 мин оқу
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari Toshkentga qaytdi. Shimoliy vokzalda chempionlarni muxlislar, yoshlar va jamoatchilik vakillari katta olqishlar bilan kutib oldi.
Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, shaxmatchilar, murabbiylar va federatsiya xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Muxiddin Madaminovga “O‘zbekiston iftixori”, Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Voxidov va Nodirbek Yakubboyevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi. Javohir Sindorov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlan
Shuningdek, bir qator shaxmatchi va murabbiylar “Fidokorona xizmatlari uchun”, “Do‘stlik” va “Mardlik” ordenlari, shuningdek “Kelajak bunyodkori” va “Sog‘lom turmush” medallari bilan mukofotlandi.