
- 0
- 20.07.2026 14:21:00
- 1 мин оқу
Qozondagi maktabga qurolli hujum uyushtirgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Ilnaz Galyaviyev Rossiyaning eng qattiq tartibli koloniyalaridan biri — “Qora delfin”da turmush qurdi.
Rossiya OAV xabarlariga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘i Moskvada yashovchi, jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan 18 yoshli qiz. Ularning nikohi Orenburg viloyatining Sol-Iletsk shahridagi koloniyada rasmiylashtirilgan. Amaldagi tartibga ko‘ra, er-xotin yiliga atigi bir marta uchrashish huquqiga ega.