35 milliard so‘mdan ortiq soliq keshbeki noqonuniy o‘zlashtirilgani fosh etildi

35 milliard so‘mdan ortiq soliq keshbeki noqonuniy o‘zlashtirilgani fosh etildi
  • 0
  • 02.06.2026 14:39:00
  • 1 мин оқу

Andijon viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan “Soliq Mobile” ilovasi orqali 35,1 milliard so‘m mablag‘lar keshbek sifatida talon-toroj qilingani aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir guruh shaxslar bir nechta MChJlar ochib, ular o‘rtasida aslida mavjud bo‘lmagan savdo operatsiyalarini rasmiylashtirgan. Shu orqali 1,1 trillion so‘mlik soxta aylanma yaratilgan va hujjatlar asosida katta miqdorda chek chiqarilgan.

Natijada 100 mingdan ortiq fuqaroga “Soliq” ilovasi orqali 35,1 milliard so‘m keshbek noto‘g‘ri to‘lab berilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News