
- 12
- 03.10.2026 09:24:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonda 2026-yil yanvar–iyun oylarida o‘rtacha nominal ish haqi 18,4 foizga oshib, 7,1 mln so‘mga yetdi. Real ish haqi esa 10,9 foizga o‘sgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Hududlar kesimida real ish haqining eng yuqori o‘sishi Jizzaxda — 13,3 foiz, Namanganda — 11,8 foiz va Toshkent shahrida — 10,7 foizni tashkil etdi. Eng past o‘sish Andijonda — 7,9 foiz va Qoraqalpog‘istonda — 8,6 foiz qayd etildi.
Tarmoqlar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta sohasida — 19,1 mln so‘m, axborot va kommunikatsiya xizmatlarida esa 17,4 mln so‘m bo‘lgan.
Eng past o‘rtacha ish haqi qishloq xo‘jaligida — 3,5 mln so‘m va ijtimoiy xizmatlarda — 4,7 mln so‘mni tashkil etgan.
Ish haqining eng yuqori o‘sish sur’ati tashish va saqlash sohasida — 22,8 foiz, ijtimoiy xizmatlarda — 20,2 foiz va qurilishda — 19,9 foiz qayd etilgan.