
- 5
- 14.10.2026 10:56:00
- 1 мин оқу
Daniyada 2027-yil avgustidan boshlab o‘qituvchilarga darsni buzayotgan o‘quvchilarni majburan sinfdan chiqarish va zarurat tug‘ilganda jismoniy kuch ishlatish huquqi beriladi. Yangi tartib mamlakat maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik va tajovuzkor xatti-harakatlar ko‘paygani, shuningdek, o‘qituvchilarning tartibni saqlashda duch kelayotgan qiyinchiliklari sababli joriy etildi.
Ta’lim vazirligi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga ko‘ra, jismoniy kuch faqat istisno holatlarda va vaziyat taqozo etganda qo‘llanishi mumkin. Bunday holatlarning har biri haqida o‘quvchining ota-onasi hamda munitsipal kengash xabardor qilinishi shart.
Qayd etilishicha, 2025-yilda Daniyadagi sinflarning 55 foizida o‘quvchilar o‘rtasida kamida bir marta jismoniy zo‘ravonlik kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich 3-sinfgacha bo‘lgan sinflarda 75 foizni, 4–6-sinflarda 59 foizni, 7–10-sinflarda esa 27 foizni tashkil etgan. So‘rovnoma natijalari zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan sinflarning 60 foizida bunga atigi bir yoki ikki nafar o‘quvchi sababchi bo‘lganini ko‘rsatgan.