
- 1
- 17.09.2026 15:46:00
- 1 мин оқу
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 39-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini kitobni o‘qib bera olmagani uchun bir necha bor kaltaklagan.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, holat 16-sentabr kuni soat 10:30 atrofida, 3-dars vaqtida sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan maktabda xizmat tekshiruvi boshlangan. Hozirda holatga huquqiy baho berish va mas’ullar xatti-harakatlarini o‘rganish davom etmoqda.
Tekshiruv yakuniga ko‘ra, maktab rahbariyati va o‘qituvchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.