O‘zbekistonda qurilish korxonalarining soliq qarzi 2,56 trillion so‘mga yetdi

O‘zbekistonda qurilish korxonalarining soliq qarzi 2,56 trillion so‘mga yetdi
  • 7
  • 20.06.2026 18:10:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekistonda 1-iyun holatiga ko‘ra, soliqdan100 million so‘mdan ortiq qarzi bo‘lgan qurilish korxonalari soni 1 964 taga yetdi. Ularning jami soliq qarzdorligi 2,56 trillion so‘mni tashkil etgan. Hududlar kesimida eng katta qarzdorlik Toshkent shahrida kuzatilib, poytaxtdagi qurilish kompaniyalarining jami soliq qarzi 817,4 milliard so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, Andijon viloyati 329,1 milliard so‘m va Toshkent viloyati 304,5 milliard so‘m bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Eng katta soliq qarziga ega qurilish korxonalari orasida “Aziya Invest Favorit” (140,2 mlrd so‘m), yana bir “Aziya Invest Favorit” (102,4 mlrd so‘m) hamda “Oqbuloq Obod Guzari” (92 mlrd so‘m) yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, “Tamirlash Qurish Servis” (76,7 mlrd so‘m), “Agro Asia Trade Service” (39,8 mlrd so‘m), “Grand Road Tashkent” (38,2 mlrd so‘m), “Usta Obid Brend” (37,9 mlrd so‘m), “Oltin Baliq” (33,2 mlrd so‘m), “National Road Invest” (29,4 mlrd so‘m) va “DSK Binokor” (28,8 mlrd so‘m) ham yirik qarzdorlar qatoridan joy olgan.
Soliq qo‘mitasi korxonalarni mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish va soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News