Fransiyada o‘quvchilar noroziligi kuchaydi: 1 949 kishi qo‘lga olindi

Fransiyada o‘quvchilar noroziligi kuchaydi: 1 949 kishi qo‘lga olindi
  • 12
  • 02.10.2026 10:53:00
  • 1 мин оқу

Fransiyada maktab o‘quvchilarining norozilik aksiyalari kuchayib, ayrim shaharlarda jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatildi. O‘quvchilar o‘qituvchilar yetishmasligi, sinflarning gavjumligi, dars jadvali va issiq xonalardan norozi bo‘lib, maktablar oldida namoyishlar o‘tkazmoqda.
1-oktabr kuni mamlakat bo‘ylab 1 949 kishi qo‘lga olingan, 305 nafar politsiyachi va jandarm jarohatlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1 027 ta ta’lim muassasasi noroziliklar bilan bog‘liq harakatlarga jalb qilingan, 222 tasida blokada qayd etilgan.
Ayrim hududlarda namoyishchilar chiqindi qutilarini yoqib, yo‘llar va transport yo‘nalishlarini to‘sib qo‘ygan. Ayrim maktablar yaqinida politsiya bilan to‘qnashuvlar ham yuz bergan.
Fransiya hukumati zo‘ravonlik holatlarini qoralagan. Shu bilan birga, ta’lim vaziri Eduard Jefre 2-oktabr kuni o‘quvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmalari va o‘quvchilar tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News