
- 0
- 17.07.2026 11:03:00
- 1 мин оқу
Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong Seul yaqinidagi Sonnam shahrida joylashgan kvartirasini sotdi. U bu qarorini hukumatning ko‘chmas mulk bozorini barqarorlashtirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik ishonchini oshirish maqsadida qabul qilgan.
Prezident kvartirani fevral oyida 2,9 milliard von (taxminan 1,9 million AQSH dollari) narxda sotuvga qo‘ygan va u aynan shu narxda sotilgan. Mazkur 164 kvadrat metrlik uy 1998-yildan buyon Li Je Myong va uning rafiqasi Kim Xe Gyon mulkida bo‘lgan.
Uy-joy siyosatiga bag‘ishlangan hukumat yig‘ilishida prezident: “Endi mening uyim yo‘q”, deya hazilomuz tarzda ta’kidlagan.
Hozirda Li Je Myong va rafiqasi Seuldagi prezidentning rasmiy qarorgohida yashamoqda.