
- 0
- 29.07.2026 15:55:00
- 1 мин оқу
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi moliyaviy vositalar, jumladan, sukuk (islom obligatsiyalari), barqaror rivojlanish obligatsiyalari hamda boshqa zamonaviy qimmatli qog‘ozlar muomalaga kiritiladi.
Qonun loyihasi investorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, kapital bozorini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va mahalliy hamda xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb etishni maqsad qilgan.
Sukuk — islom shariatiga mos, foizsiz tamoyil asosida ishlaydigan investitsiya vositasi hisoblanadi.