Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi
  • 5
  • 23.09.2026 10:36:00
  • 1 мин оқу

Prezident ikki kunlik tashrif bilan Andijon viloyatiga boradi. Tashrif davomida hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlat rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. JUmladan, qator yangi quvvatlarni ishga tushirish hamda istiqbolli loyihalar qurilishiga start berish ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish ham o‘tkaziladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News