Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va Laos prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va Laos prezidenti bilan uchrashdi
  • 6
  • 15.10.2026 18:50:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy hamda Laos prezidenti Txonglun Sisulit bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Qatar amiri bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Energetika, kimyo sanoati, oziq-ovqat xavfsizligi, transport va qurilish sohalarida Qatar kompaniyalari bilan hamkorlik olib borilayotgani ta’kidlandi. Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, dekabr oyida Dohada o‘tadigan forum doirasida hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Laos prezidenti bilan uchrashuvda esa ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va savdo hajmini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Transport, logistika, farmatsevtika, tibbiyot va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Har ikki uchrashuvda ham xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News