
- 0
- 25.05.2026 17:00:00
- 1 мин оқу
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi. Davlat rahbari bu yil ilk bor 11 mingdan ortiq o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan bitirayotganini ta’kidladi. Shuningdek, 171 nafar yosh dunyoning yetakchi universitetlariga qabul qilingani, minglab bitiruvchilar esa mamlakat oliygohlariga o‘qishga kirganini qayd etdi. Prezident yoshlarni katta maqsad qo‘yish, xorijiy til va zamonaviy kasb o‘rganishga chaqirdi. Uning aytishicha, bugungi mehnat bozori diplomdan ko‘ra bilim, malaka va natijaga ko‘proq e’tibor bermoqda.