
- 9
- 19.10.2026 09:32:00
- 1 мин оқу
Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira 18-oktabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi “Bishkek-Arena”da konsert berdi. Bu uning Markaziy Osiyodagi ilk chiqishi bo‘ldi.
Shakira konsertni tomoshabinlarni qirg‘iz tilida qutlash bilan boshladi. Keyin esa mashhur qo‘shiqlarini ijro etib, muxlislari bilan birga kuyladi va raqsga tushdi.
Konsertdagi eng yorqin lahzalardan biri “She Wolf” qo‘shig‘i ijrosi bo‘ldi. Bu vaqtda sahnada ulkan bo‘ri tasviri paydo bo‘ldi.
Konsert xonandaning “Las Mujeres Ya No Lloran” jahon gastrol safari doirasida o‘tkazildi.