
- 2
- 21.09.2026 11:18:00
- 1 мин оқу
Namangan shahridagi kasb-hunar texnikumining 7 nafar talabasi 4 nafar talabaga tegishli pul, soat va telefonlarni zo‘rlik ishlatib olib qo‘ygani aniqlandi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 19-sentabr kuni “Dashtbog‘” mahallasida sodir bo‘lgan. Hodisada 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqichida tahsil oluvchi 7 nafar talaba ishtirok etgan.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Videotasvirda aks etgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan.
Holat yuzasidan Namangan shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.