
- 1
- 26.10.2026 17:26:00
- 1 мин оқу
Serbiyada ikki yildan beri hukumatga qarşi namoyişlar ötkazib kelayotgan talabalar harakati tarixiy saylovda parlamentda köpçilik örinni egallaşga tayyorlanmoqda.
Dastlabki natijalardan söng mağlubiyatini tan olgan prezident Aleksandr Vuçiçning 12 yillik hokimiyati yakunlanişi ortidan poytaxt Belgrad va mamlakatning boşqa köplab şaharlarida bayramlar bölib ötdi. Belgraddagi partiya ştabida tarafdorlariga murojaat qilgan Vuçiç yakuniy natijalar hali e’lon qilinmaganini ta’kidlab, şunday dedi:
“Bu saylovda mağlub bölganimiz aniq. “Talabalar röyxati” ğalaba qozondi”.
Saylovda qatnaşuv darajasi yuqori bölgani bilan ham e’tiborni tortdi. Saylov uçastkalari oldida uzun navbatlar yuzaga kelgan, ayrim hududlarda saylovçilar ovoz beriş uçun ikki soatgaça kutişga majbur bölgan.
Serbiyadagi siyosiy inqiroz 2024-yil noyabrida Novi-Sad temiryöl vokzalida beton bostirma qulab, 16 kişi halok bölganidan keyin kuçaygan. Fojia ortidan talabalar namoyişlar boşlagan. Qurilişdagi kamçiliklar, qonunbuzarliklar va korrupsiya ehtimoli haqidagi ma’lumotlar noroziliklarning kengayib, hukumatga qarşi harakatga aylanişiga sabab bölgan. Ikki yildan beri davom etayotgan norozilik namoyişlaridan söng ötkazilgan uşbu saylov Serbiyada siyosiy kuçlar muvozanatini özgartirişi mumkin bölgan voqea sifatida baholanmoqda.