Şavkat Mirziyoyev milliy filmlar tomoşabin talabiga javob bermayotganini tanqid qildi

Şavkat Mirziyoyev milliy filmlar tomoşabin talabiga javob bermayotganini tanqid qildi
  • 1
  • 26.10.2026 17:48:00
  • 1 мин оқу

Şavkat Mirziyoyev “Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuv ötkazib, milliy filmlar sifatini oşiriş zarurligini ta’kidladi.
Prezidentning aytişiça, odamlar kinoteatrlarga borişdan voz keçmagan, faqat ularning didi va talabi özgargan. Buni xorijiy filmlar namoyiş etilayotgan zallarning tomoşabinlar bilan tölayotgani ham körsatadi.

Davlat rahbari milliy kinoda filmlarni tomoşabinga yetkaziş tizimi yaxşi yölga qöyilmagani, professional kinotanqidçilar fikri yetarliça inobatga olinmayotgani va kino loyihalarini moliyalaştiriş tizimida muammolar borligini qayd etdi.

Ma’lum qilinişiça, sönggi ön yilda kino sohasini qöllab-quvvatlaş böyiça ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilingan. Agar 2016-yilda film suratga oliş uçun davlat budjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, joriy yilda bu mablağ 218 milliard sömni taşkil etgan.

Şuningdek, ayrim rejissyor va mualliflarga bir vaqtning özida juda köp loyiha berilişi filmlar ustida puxta işlaşga tösqinlik qilayotgani aytildi. Prezident kinoijodkorlar uçun teng raqobat şaroitini yaratiş va sifatli filmlar işlab çiqarişga e’tiborni kuçaytiriş zarurligini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News