Oybek Tursunov Perfectum kompaniyasining qariyb 100 mlrd sömlik mol-mulkini sotib olmoqda

Oybek Tursunov Perfectum kompaniyasining qariyb 100 mlrd sömlik mol-mulkini sotib olmoqda
  • 4
  • 26.10.2026 18:06:00
  • 1 мин оқу

Tadbirkor Oybek Tursunov Perfectum mobil operatorining Toşkentdagi boş ofisi va boşqa aktivlarini jami 98,37 mlrd sömga sotib olmoqda. Bitim Rubicon Wireless Communication AJ aksiyadorlari tomonidan ma’qullangan.
Sotuvga Toşkent şahri Mirobod tumanidagi Taras Şevçenko köçasi, 21-uyda joylaşgan törtta bino hamda 2012 ta asosiy vosita kiritilgan.
Köçmas mulk majmuasi 65,97 mlrd sömga, boşqa aktivlar esa 32,41 mlrd sömga baholangan. Köçmas mulk tarkibidagi binolarning umumiy maydoni 10,5 ming kvadrat metrga yaqin.
Mazkur qaror 16-oktabr kuni aksiyadorlar yiğilişida bir ovozdan ma’qullangan.
Bu jarayon Perfectum’ning xalqaro VEON guruhi tomonidan sotib olinişi bilan bir vaqtda yuz bermoqda. VEON 19-oktabr kuni Rubicon Wireless Communication’ning 100 foiz aksiyasini sotib oliş böyiça bitim imzolanganini e’lon qilgan. Bitim qiymati qariyb 207 mln dollar bölib, bu summaga operatorning taxminan 93 mln dollarlik qarzdorligi ham kiradi.
Raqobatni rivojlantiriş qömitasi xaridni ma’qullagan. Belgilangan şartlarga köra, Perfectum kamida uç yil davomida mustaqilligini, amaldagi 5G FWA tariflarini esa 12 oy davomida saqlab qolişi kerak.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News