
- 0
- 05.08.2026 18:46:00
- 1 мин оқу
Bugun, 5-avgust kuni O‘zbekistonning “Samarqand 2028” sun’iy yo‘ldoshi Xitoyning Shandun provinsiyasi yaqinidagi dengiz start platformasidan muvaffaqiyatli uchirildi.
Loyiha “O‘zbekkosmos” agentligi va Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Sun’iy yo‘ldosh nomi 2028-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro astronavtika kongressi (IAC) sharafiga tanlangan.
“Samarqand 2028” sun’iy yo‘ldoshi bortiga o‘rnatilgan sun’iy intellekt moduli giperspektral ma’lumotlarni bevosita orbitada qayta ishlaydi. Olingan ma’lumotlardan qishloq xo‘jaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni monitoring qilish va boshqa sohalarda foydalanish rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha O‘zbekiston kosmik dasturining rivojlanishida muhim bosqichlardan biri sifatida baholanmoqda.