
- 6
- 17.10.2026 10:19:00
- 1 мин оқу
Saida Mirziyoyeva 16-oktyabr kuni Gonkongning yirik xolding kompaniyasi Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini qayd etib, mamlakat Gonkong biznes doiralari bilan sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, tashabbuslarni tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali qo‘llab-quvvatlash imkoniyati ta’kidlandi.