
- 0
- 17.07.2026 10:34:00
- 1 мин оқу
Bugun, 16-iyul kuni Toshkent metrosining “Turon” bekatida tom konstruksiyasining bir qismi qulab tushdi. Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi.
“Toshkent metropoliteni” ma’lum qilishicha, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida bekatda metro qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan. Hozirda mutaxassislar hodisa sabablarini o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Qipchoq” va “Quruvchilar” metro bekatlari o‘rtasida bepul metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.