
- 0
- 04.08.2026 18:19:00
- 1 мин оқу
Ijtimoy tarmoqlarda keng tarqalgan “ulkan tovuq charxpalagi” videosi ortidan restoranda sanitariya tekshiruvi boshlandi. Qayd etilishicha, Ummonda joylashgan mazkur restoran faoliyatini mutaxassislar tekshirib, tayyorlangan taomlardan namunalar olgan va laboratoriyaga yuborgan.
Dastlabki laboratoriya xulosasiga ko‘ra, tekshirilgan tovuq go‘shti to‘liq pishmaganligi va unda qon izlari borligi aniqlangan. Shundan so‘ng, restoran sanitariya hamda oziq-ovqat xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etmagani sababli vaqtincha yopilgan.
Ma’lumot uchun, restoranning ushbu videosi ijtimoiy tarmoqlarda millionlab tomosha qilingan edi. Biroq, internet foydalanuvchilarining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xavotiri, restoranda rasmiy tekshiruv boshlanishiga sabab bo‘lgan.