
- 0
- 28.05.2026 15:14:00
- 1 мин оқу
Vladimir Putin 27-may kuni uch kunlik tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga yetib bordi. Aeroportda uni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi.
Tashrif davomida Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) sammiti bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, energetika, harbiy-texnik va madaniy hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Asosiy mavzulardan biri — Rossiya neftining Qozog‘iston orqali tranzitini oshirish masalasi bo‘ladi.
Shuningdek, tashrif doirasida 16 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Ular orasida Qozog‘istonda “Rosatom” ishtirokida ilk atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuv ham bor.