
- 8
- 29.09.2026 16:51:00
- 1 мин оқу
Rossiyadan O‘zbekiston, Ozarbayjon va Tojikistonga 1 mln rubldan ortiq naqd pul olib chiqish taqiqlandi. Cheklov Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan joriy etildi.
Taqiq jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanadi. Qoidani buzgan taqdirda 1 mln rubldan ortiq summa musodara qilinadi.
Ayrim istisnolar mavjud. Jumladan, belgilangan xalqaro aeroportlar orqali 1 mln rubldan ortiq pulni bank hisobvarag‘i yoki omonatdan yechib olinganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan olib chiqish mumkin.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa O‘zbekiston, Ozarbayjon va Tojikistonga naqd rubl olib chiqish miqdoridan qat’i nazar taqiqlangan. Farmon 2026-yil 29-sentabrdan kuchga kirgan.