
- 4
- 18.09.2026 10:28:00
- 1 мин оқу
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ikki kunlik tashrif bilan boradi. Tashrif davomida sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar bilan tanishadi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqiladi.
Safar doirasida bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va ularning qurilishiga start berish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar muhokama qilinadigan yig‘ilish o‘tkaziladi.