Chirchiqda mushuklarni ovqatlantirgani uchun jarimaga tortilgan pensioner vafot etdi

Chirchiqda mushuklarni ovqatlantirgani uchun jarimaga tortilgan pensioner vafot etdi
  • 0
  • 23.07.2026 10:34:00
  • 1 мин оқу

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida qarovsiz mushuklarni ovqatlantirgani uchun 1 million 236 ming so‘m jarimaga tortilgan 73 yoshli pensioner ayol vafot etdi.
“Mehr va Oqibat” jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, ayol jarimani og‘ir qabul qilgan va mushuklarni boqishni to‘xtata olmasligini, chunki ular har kuni uni kutishini aytgan. Jarima ustidan sudga shikoyat qilish uchun hujjatlar tayyorlangan. Biroq volontyor imzo qo‘ydirish uchun borganida eshik ochilmagan. FVV xodimlari xonadonga kirganida pensionerning jasadini topgan.
Uning o‘limi sababi hozircha rasman ma’lum qilinmagan.

Manba: UZ24.uz
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News