
- 5
- 21.09.2026 15:24:00
- 1 мин оқу
Qashqadaryoda er-xotin 14 yoshli o‘g‘lini 45 ming dollarga sotishga uringani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, oilaviy qarzlardan qutulish maqsadida ota-ona farzandini sotishga kelishgan. Bola uchun dastlab 30 ming dollar, 15 kundan keyin esa yana 200 million so‘m berilishi rejalashtirilgan.
2025-yil 8-avgust kuni ular farzandi bilan Surxondaryoning Angor tumaniga borib, kelishilgan pulni olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. Pullarga oldindan kimyoviy ishlov berilgan bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi ota-onani Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “b” bandi — odam savdosi bilan aybdor deb topdi. Ularning har biriga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.