
- 1
- 07.07.2026 12:07:00
- 1 мин оқу
Finlandiyalik professional beysjamper Kasper Kumpulaynen TEMU marketpleysi orqali sotib olgan arzon parashyutni sinab ko‘rdi.
Parashyutning sifatini tekshirish uchun ekstremal sportchi baland jarlikdan sakradi. Kutilganidek, arzon parashyut havoda ochilmadi va yorilib ketdi. Yaxshiyamki, u oldindan zaxira parashyutini ham taqqan edi. Aynan shu zaxira parashyuti sportchining omon qolishiga sabab bo‘ldi.
Hodisadan so‘ng u hazil tariqasida, bunday parashyutni sotib olganlar mahsulot haqida ikkinchi marta fikr qoldira olmasa kerak, deya izoh bergan.
Xo‘sh, sizning TEMU’dan olgan eng omadsiz xaridingiz qaysi bo‘lgan? Izohlarda yozib qoldiring.