Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida Pokiston Isroilga qarshi o‘ynamadi

Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida Pokiston Isroilga qarshi o‘ynamadi
  • 2
  • 18.09.2026 13:19:00
  • 1 мин оқу

Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ilk turida Pokiston terma jamoasi Isroilga qarshi qarshi o‘ynashdan bosh tortdi. Natijada Isroilga 4:0 hisobida texnik g‘alaba yozildi.
Pokiston shaxmat federatsiyasi bu qaror mamlakatning Isroilni tan olmaslik bo‘yicha rasmiy siyosatiga mos ekanini bildirdi. Federatsiya vakillari boykot sportchilarga qarshi emasligini, shuningdek, Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilinganini aytgan.
Pokiston terma jamoasi boshqa raqiblarga qarshi musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda. 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqandda 15–27-sentabr kunlari o‘tkazilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News