Endi amaldorlar saboq olishi uchun qamoqxonalarga olib boriladi

Endi amaldorlar saboq olishi uchun qamoqxonalarga olib boriladi
  • 6
  • 16.06.2026 22:45:00
  • 1 мин оқу

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida davlat xizmatchilari uchun jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonalariga profilaktik tashriflar tashkil etildi.

Agentlikka ko‘ra, bu tashabbus korrupsiyaning og‘ir oqibatlarini amalda ko‘rsatish, davlat xizmatchilarida qonuniylik va halollik tamoyillariga sodiqlikni kuchaytirishga qaratilgan. Tashrif davomida ishtirokchilar tergov xonalari, kameralar va boshqa infratuzilma obyektlari bilan tanishadi hamda korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan shaxslar bilan uchrashadi.

Dastlabki tashrifda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Kelgusida bunday tashriflar boshqa vazirlik va idoralar rahbarlari hamda korrupsiyaviy xavf darajasi yuqori bo‘lgan sohalardagi xodimlarni bosqichma-bosqich qamrab olish rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News