Energetika vazirligi va “O‘zenergoinspeksiya”ga yangi rahbarlar tayinlandi

Energetika vazirligi va “O‘zenergoinspeksiya”ga yangi rahbarlar tayinlandi
  • 1
  • 27.07.2026 15:51:00
  • 1 мин оқу

Prezident farmoniga ko‘ra, Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Sherzod Xo‘jayev O‘zbekiston energetika vaziri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi.

Sherzod Xo‘jayev 2019–2023-yillarda energetika vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Keyinchalik elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha loyiha ofisini boshqargan. 2024-yildan buyon esa Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov esa energetika vaziri lavozimida 2022-yil dekabridan buyon ishlab kelgan.

Shuningdek, Ahadxon Isoqjonov Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) boshlig‘i etib tayinlandi.
Ushbu lavozimda ishlab kelgan Dadajon Isaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News