
- 4
- 05.10.2026 17:58:00
- 1 мин оқу
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida yangi Qoratau gaz-kondensat koni ochildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” xabar berdi.
Ustyurt hududining markaziy qismida joylashgan Qoratau maydonida olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida quyi yura qatlamlarida tabiiy gaz uyumlari aniqlangan va 3-oktabr kuni 3273–3213 metr chuqurlikdagi qatlamlardan tabiiy gaz hamda kondensat oqimi olingan.
2026-yil oxirigacha maydonda yana bir quduqni burg‘ilashni yakunlash hamda ikkita yangi quduqda burg‘ilash ishlarini boshlash rejalashtirilgan.