O‘zbekistonda qariyb 3 tonna giyohvand modda yo‘q qilindi

O‘zbekistonda qariyb 3 tonna giyohvand modda yo‘q qilindi
  • 0
  • 26.06.2026 16:57:00
  • 1 мин оқу

Bugun, 26-iyun — Xalqaro giyohvand moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan O‘zbekistonda musodara qilingan 2 tonna 963 kilogramm giyohvand modda yoqib yo‘q qilindi.
DXX ma’lumotiga ko‘ra, yo‘q qilingan moddalar orasida:

🔹 646,6 kg gashish;
🔹 426,3 kg opiy;
🔹 131,3 kg alfa-PVP;
🔹 78,3 kg geroin;
🔹 61,9 kg mefedron;
🔹 69,2 kg pregabalin hamda boshqa turdagi moddalar bor.

Taqqoslash uchun, 2025-yilda shu sanada 2 tonna 135 kilogramm giyohvand modda yo‘q qilingan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News